English version     Русская версия Bosh sohifa    Savol va javob   
 Boshqarma tuzilmasiTuman xalq ta'limi bo'limi
  
 
Mundarija
  
  Bosh sahifa  
  
  Me'yoriy hujjatlar  
  
  Asosiy ko'rsatkichlar  
  
     Kirish so'zi
     2013-2014 o'quv yili
  
  Maktabgacha ta'lim muassasalari 
  
  Umumta'lim maktablari 
  
  Maktabdan tashqari ta'lim muassasalari  
  
  Bolalar musiqa va san'at maktablari  
  
  Bolalar va o'smirlar sport maktablari  
  
  Masofaviy ta'lim 
  
  Aloqa  
  
  Elektron kutubxona 
  
  Chet tilining maktablarda o'qitilishi  
  
  Jizzax tuman XTMFMT va TE bo'limi  
  
  Dastur ijrosi amalda  
 
  Kirish so'zi 
 
Do'stiga yuborish Do'stiga yuborish   Bosma uchun versiya Bosma uchun versiya

Har bir yurtning buguni va kelajagi tom ma’noda, mamlakat ta’lim tizimining qay darajada rivoj topgani bilan belgilanadi. Zero, Vatan taraqqiyoti, millat istiqboli shu zaminda voyaga yetayotgan o‘g‘il-qizlar kamoli bilan chambarchas bog‘liqdir.

Ma’lumingizkim, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning bevosita tashabbuslari va rahnamoliklarida Kadrlar tayyorlash milliy dasturining uzviy davomi bo‘lgan “2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” qabul qilinib, uni amalga oshirish chora-tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 9 iyuldagi 321-sonli qarori bilan tasdiqlandi.

Mazkur dastur doirasida 2004-2007 yillarda jami 4669 ta umumta’lim maktablarida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Bu maktablarning barchasi zamonaviy mebel, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi va sport anjomlari bilan jihozlandi. Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi ijrosi tom ma’noda umumxalq harakatiga aylandi deb, aytsak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Natijada tizimda sifat jihatdan ham, son jihatdan ham ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda. Masalan, maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi boshida, ya’ni 2004 yilda Xalq ta’limi vazirligi tasarrufida 9727 ta maktab faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, bunyodkorlik ishlari natijasida 2005-2006 o‘quv yilida ularning soni 9748 taga, 2007-2008 o‘quv yilida esa 9765 taga yetdi.

Mamlakatimizning eng olis, chekka hududlarida ham zamonaviy, ko‘rkam ta’lim muassasalari qad rostlab, qishloq va shahar maktablari orasida tafovut ildamlik bilan kamayib bormoqda.

Xalq ta’limida amalga oshirilayotgan islohotlar nafaqat soha mutaxassislarini, balkim keng jamoatchilikning ham e’tiborini tortmoqda.

Hisobot va monitoring tizimini takomillashtirish, uning haqqoniyligini va hammabopligini ta’minlash maqsadida 2005-2006 o‘quv yilidan boshlab joylardan olingan ma’lumotlar asosida Xalq ta’limi tizimida “Asosiy ko‘rsatkichlar” to‘plami yaratildi va chop etila boshlandi.

Ushbu asosiy ma’lumotlardan o‘z faoliyatida nafaqat ta’lim muassasalari rahbarlari, balkim barcha manfaatdor tashkilot va idoralar, qolaversa keng jamoatchilik ham unumli foydalanishi mumkin.
Pochta

Hamkorlar
http://gov.uz
http://aci.uz
http://uzedu.uz
http://ziyonet.uz
http://bitiruvchi.uzedu.uz
Xarita

 
  Copyright © 2018 MUDRM Ishlab chiqish Multimedia.Uz